Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalqaro hamkorlik

4. Xalqaro hamkorlik toʻgʻrisida maʼlumotlar

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning salohiyatini oshirish, iqlim siyosati va atrof-muhit boshqaruvi yoʻnalishlaridagi muammolarni aniqlash hamda ularga ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish orqali aniq natijalarga erishish maqsadida, turli grant dasturlari asosida xalqaro hamkorlik rivojlantirilmoqda.

Shu maqsadda UNDP, GIZ, UNEP, KOICA, ERASMUS+, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (EBRD), Jahon banki (World Bank), Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB) kabi yirik xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan ishonchli va barqaror hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsad qilingan.

Asosiy yoʻnalishlar va hamkorlar

  • Jahon banki, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va boshqa xalqaro moliyaviy va rivojlanish institutlari;
  • Latviya Respublikasi CLEANTECH LATVIA klasteri (toza texnologiyalar klasteri);
  • Belarus Respublikasi Tabiiy resurslar vazirligining “Respublika davlat ekologik ekspertiza, kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi”;
  • RUDN universiteti huzuridagi ekologik maktab.