3. Oʻquv dasturlari toʻgʻrisida maʼlumotlar
Mavjud yoʻnalishlar
Qayta tayyorlash kurslari
- «Ekologik auditor» yoʻnalishi boʻyicha atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni tayyorlov kursi;
- «Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish» yoʻnalishi boʻyicha «Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar»ni (nomutaxassislarni) qayta tayyorlash kursi.
Malaka oshirish kurslari (72 soatli)
«Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish» yoʻnalishi boʻyicha:
- «Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar» (inspektorlar) malakasini oshirish kursi;
- «Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan suv, tuproq hamda sanoat chiqindi gazlari tahlili boʻyicha laboratoriya xodimlari» malakasini oshirish kursi;
- «Vazirlik hamda oʻrmon xoʻjaligining muhofaza etiladigan tabiiy hududlarida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar» malakasini oshirish kursi;
- «Sanoat korxonalarining atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlari» malakasini oshirish kursi;
- «Ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari» malakasini oshirish kursi;
- Maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar malakasini oshirish kursi.
Malaka oshirish kurslari (36 soatli)
- Ekologiya sohasida «Iqtisodiyot va menejment» boʻyicha (rahbar, hisobchi, iqtisodchi) xodimlari malakasini oshirish kursi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazining yangi yoʻnalishlari (2025-yil)
- Daraxtlar reestrii yuritish boʻyicha xodimlarning malakasini oshirish kursini tashkil etish (Toshkent shahri) («Zamin» xalqaro jamoat fondi taklifi);
- Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ekologik madaniyat sohasida bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil etish (PK 184, 15.05.25);
- Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil etish (Vazirlikning 07.04.25 y. 106-sonli buyrugʻi);
- Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qonunchilikni qoʻllash va takomillashtirish boʻyicha malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil etish (Bosh prokuraturaning 12.02.25 y. 10.7/2-7-16-25-sonli takdimnomasi va Vazirlikning 22.10.25 y. 385-sonli buyrugʻi);
- Urugʻchilik, koʻchatchilik, iqlim oʻzgarishi boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish kursini tashkil etish (PF 90, 30.05.25, IV bob, 9-band «v»));
- «Raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini ish jarayonlariga qoʻllash va axborot xavfsizligiga rioya etish yuzasidan» malaka oshirish oʻquv kursi (PQ-358, 14.10.24 va 21.10.25-yil kungi videoselektor topshirigʻi).
Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazining yangi yoʻnalishlari (2026 yil)
- Sanoat korxonalarida lokal oqova suvlarni tozalash inshootlari boʻyicha loyihachilarni (KEN) qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish boʻyicha kurs tashkil etish (Markaz taklifi);
- Ekologik menedjment yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish kursini tashkil etish (Jahon banki taklifiga binoan);
- Milliy tabiiy va madaniy meros boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish kursini tashkil etish (Jahon banki taklifiga binoan);
- Ekologiya sohasida mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha kursini tashkil etish (Jahon banki taklifiga binoan).